BAAning “Al-Wahda” klubi murabbiylar shtati Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyida mehmon bo‘ldi
Bugun, 14-oktabr kuni BAAning mashhur “Al-Wahda” (Al Vahda) futbol klubi murabbiylar shtati vakillari Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga tashrif buyurishdi.
Muzey bo‘ylab tashkil etilgan ekskursiya davomida martabali mehmonlar vоha tarixi, qadimiy madaniyati, boy moddiy va nomoddiy merosi hamda nodir osori-atikalari bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, Amir Temur davri va Qashqadaryo hududida shakllangan boy sivilizatsiya tarixi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.Tashrif yakunida murabbiylar shtati vakillari samimiy qabul va mazmunli ekskursiya uchun muzey ma'muriyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi. Mehmonlarga muzey ilmiy xodimi Boymanov Ramazon ingliz tilida ekskursiya o'tkazdi.
Toshkentda shahar muhitini yanada obod va zamonaviy qilish, madaniyat va kino sohasini rivojlantirishga qaratilgan yangi loyihalar amalga oshirilmoqda.
🇺🇿🇰🇷 O‘zbekiston Birinchi xonimi Koreya Milliy saroy muzeyiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasida mamlakatimiz Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Koreya Respublikasi Birinchi xonimi Kim Xe Gyon hamrohligida Koreya Milliy saroy muzeyiga tashrif buyurdi.
Muzey ekspozitsiyasi orqali besh asrdan ortiq vaqt davomida Koreya siyosiy va madaniy hayotida alohida o‘rin tutib kelgan Choson qirollik sulolasining ko‘p asrlik tarixi va boy madaniy merosi bilan tanishish mumkin.
O‘zbekiston Birinchi xonimiga sulola vakillarining qadimiy qo‘lyozmalari va she’riy asarlari, an’anaviy liboslar hamda o‘sha davrning turmush tarzi, an’analari va badiiy merosini aks ettiruvchi saroy madaniyatiga oid boshqa eksponatlar namoyish etildi.
Muzey ekspozitsiyasi bilan tanishgandan so‘ng, Ziroat Mirziyoyeva va Kim Xe Gyon ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdilar. Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan suhbatda O‘zbekiston va Koreya xalqlarini ko‘p yillik do‘stlik, o‘zaro hurmat va madaniy mushtaraklikka asoslangan uzviy rishtalar bog‘lab turishi ta’kidlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev madaniy merosni asrab-avaylash, muzey ishini rivojlantirish va Oʻzbekiston madaniyatini xalqaro maydonda targʻib qilish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о дальнейшей работе по сохранению культурного наследия, развитию музейного дела и продвижению культуры Узбекистана на международной арене.
#Mirziyoyev #taqdimot #madaniyat #meros
📍Toshkentda tarix va zamonaviy san’at uyg‘unlashgan yangi madaniy makon ochilmoqda
📢 Joriy yil 6-sentabr kuni poytaxtimizda Toshkent zamonaviy san’at markazi — CCA Tashkent o‘z eshiklarini ochadi. Bu shunchaki yangi muzey yoki ko‘rgazma zali emas, balki bir asrdan ziyod tarixga ega inshootga yangi hayot bag‘ishlangan yirik madaniy loyihadir.
📌 Ma’lumot o‘rnida: 1912-yilda me’mor Vilgelm Geynzelman loyihasi asosida barpo etilgan bino dastlab tramvay deposi, keyinchalik dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan. Bugun esa uning tarixiy qiyofasi va industrial ruhini saqlagan holda, zamonaviy san’at, ta’lim, tadqiqot va madaniy muloqot markaziga aylantirildi.
⚡Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha tarixiy merosni asrab-avaylash va unga zamonaviy mazmun berishning yorqin namunasidir.
👍 Fransiyaning mashhur Studio KO byurosi tomonidan ishlab chiqilgan arxitektura konsepsiyasi tarixiy meros va zamonaviy infratuzilmani uyg‘unlashtirgan. Markazda ko‘rgazma zallari, ta’lim va jamoat maydonlari, kutubxona hamda tadqiqot infratuzilmasi faoliyat yuritadi.
❗️Eng muhimi — bu yerda nafaqat tarix saqlab qolindi, balki unga yangi mazmun berildi. Ilgari energiya ishlab chiqarilgan makonda bugun ijod, yangi g‘oyalar, san’at va insonlar muloqotining yangi energiyasi yuzaga keladi.
✅CCA Tashkent nafaqat Toshkentning, balki Markaziy Osiyoning yangi madaniy joziba nuqtalaridan biriga aylanishi kutilmoqda.
✅ Bu yerda zamonaviy san’at bilan bir qatorda ma’ruzalar, kinonamoyishlar, tadqiqotlar, munozaralar, konsertlar, performanslar va turli madaniy-ta’lim tadbirlari o‘tkaziladi.
Buxoro viloyatiga yana keldik — may oyida belgilangan rejalar ijrosini, natijalarini ko‘zdan kechirmoqdamiz.
“Jo‘yzar” kanalining 9 kilometrlik qismi betonlashtirildi (yana 10 kilometrida jarayon davom etmoqda). Bu yiliga 12 million kub metr suvni tejash imkonini beradi. Shu yerning o‘zida baliqchilik xo‘jaligi ham ishga tushirildi. “Shayxoncha” mahallasida 240 o‘rinli zamonaviy bog‘cha barpo etildi.
Shuningdek, turizm sohasidagi yangi loyihalar — “Afshona” majmuasi, etno-uylar, “Jo‘yi Muliyon” kanalini tiklash, yangi aeroport yaqinidagi mehmonxonalar va klaster masalalari muhokama qilindi. Asosiy maqsad yiliga 10 million sayyohni jalb qilib, Buxoroni shunchaki tranzit hudud emas, balki to‘laqonli sayohat maskaniga aylantirishdir.
Tashrifimiz yakunida Buxoroi sharifning “Yetti pir” qadamjolarini ziyorat qildik.
—
Снова в Бухарской области — оцениваем результаты майских обсуждений.
На канале Жуйзар забетонировали 9 км (ещё 10 км в работе), что сэкономит 12 млн кубометров воды в год. Рядом уже работает рыбное хозяйство. В махалле «Шайхонча» возвели новый современный детсад на 240 мест.
Также обсудили новые туристические проекты: комплекс «Афшона», этнодома, восстановление канала Жуйи Мулиён, гостиницы и кластер у нового аэропорта. Цель — привлекать 10 млн туристов в год, и чтобы Бухара стала для них полноценным
путешествием, а не просто транзитной точкой.
Завершили визит посещением святынь — семи пиров Бухары.
🎙 O‘zbekistonga oid xorijdagi qo‘lyozma asarlar reyestri. 4-jild
〰️〰️〰️〰️〰️〰️
👆 Madaniy meros agentligi tomonidan tayyorlangan audiopodkastning navbatdagi sonida yangi kitobning mazmuni, unda jamlangan ilmiy ma’lumotlar, xorijda saqlanayotgan O‘zbekiston tarixiga oid qo‘lyozmalarni aniqlash va o‘rganish borasida amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar haqida so‘z yuritildi.
⚡️⚡️ Taʼtilda tashrif
✅ Joriy yilning 19 iyun kuni Koson tuman 8-son Bolalar Musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchilari Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyiga tashrif buyurishdi.
✅ Ularning bu tashrifi yozgi taʼtil kunlarini yanada maroqli oʻtkazishga qaratilgan.
☝️Oʻz yashab turgan viloyatini tarixi va madaniyatini oʻrganish barcha yoshlar uchun birdek qiziqarli ham farz ham qarzdir.
✅Kunning birinchi yarmida yoshlar muzey ekspozitsiyasi bilan tanishdilar.Bunda ularga muzey ilmiy xodimlari hamrohlik qilishdi.
✅ Iqtidorli yoshlar shunchaki ekskursiya qilibgina qolmay, muzey xodimlari va tashrifchilar uchun oʻz sanʼat mahoratlarini namoyish etdilar.
✅Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar, milliy soz ijrochilari tomonidan ijro etilgan kuylar, jozibali raqslar yigʻilganlarga haqiqiy bayram kayfiyatini ulashdi.
☝️Ushbu tashrif yosh sanʼatsevarlar qalbida milliy qadriyatlarimizga boʻlgan hurmatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi
🕖 Soat 07:00
🏆 Futbol ishqibozlarini ko‘tarinki kayfiyat, qulay muhit va unutilmas futbol onlari kutmoqda.
🇺🇿 Bugun Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyida davlat xizmati nufuzini yuksaltirish maqsadida “Mening ish joyim – iftixorim” mavzusida fotochellendj tashkil etildi.
✨ Unda muzeyning barcha tarkibiy bo‘lim xodimlari va mutaxassislari hamjihatlikda faol ishtirok etishdi. Xodimlar o‘z chiqishlarida kundalik ish jarayonlari, xorijiy va mahalliy sayyohlar bilan ishlash mas’uliyati hamda nodir eksponatlarni asrab-avaylash borasidagi sharafli mehnatlarini fotolavhalar orqali namoyon etdilar.