Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi — madaniy-maʼrifiy muassasa bo'lib Qashqadaryo viloyatining madaniy hayoti, hududning o'ziga xos bo'lgan tarixi va madaniy hayotiga oid bo'lgan 40 mingdan ziyod eksponatlar mavjud.
Tarixi.
Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi 1909-yilda qurilgan Xoʻja Abdulaziz madrasasida 1975-yildan 2007-yilga qadar faoliyat koʻrsatib kelgan. Muzey 2007-yil 23-fevraldan boshlab A. Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi hududida joylashgan yangi binoda oʻz faoliyatiini davom ettiradi. Bugungi kunda muzeyda 3 ta boʻlim “Tarix”, “Xalq amaliy san’ati” va “Ilmiy ma'rifiy” bo'limlari mavjud. Muzey fondida 40 mingdan ortiq rang tasvir, grafika, haykaltaroshlik, numizmatika, arxeologiya, xalq amaliy san’ati, suratlar, hujjatlar, maishiy va etnografiya buyumlari mavjud. 2004-yil Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi bisotida toʻplangan qoʻlyozma kitoblar asosida Rim shahrida fransuz tilida yozilgan “Qashqadaryo viloyati oʻlkani o'rganish muzeyidagi sharq qoʻlyozmalarning katalogi” chop etildi. Katalogda mualliflar yurtimiz tarixi va madaniyatiga doir ellikdan ortiq qoʻlyozmalar tavsifini keltirish bilan birga ilmiy-ma’rifiy ahamiyatga molik muhim masalalarni ham amalga oshirganlar.
ISH KUNLARI
DUSHANBA; 09;00-18;00
SESHANBA; 09;00-18;00
CHORSHANBA; 09;00-18;00
PAYSHANBA; 09;00-18;00
JUMA; 09;00-18;00