🏛 “Milliy merosga mening hissam” aksiyasi boshlandi!
🏛 “Milliy merosga mening hissam” aksiyasi boshlandi!
Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi barcha yurtdoshlarimizni o‘zbek xalqining boy tarixi, madaniyati va qadimiy qadriyatlarini asrab-avaylash hamda ularni kelajak avlodga bezavol yetkazishga qaratilgan xayrli aksiyada ishtirok etishga chorlaydi!
Sizda xonadoningiz bezagi bo‘lgan qadimiy ashyolar, oilaviy yodgorliklar, milliy hunarmandchilik namunalari, tarixiy hujjatlar yoki tariximizdan so‘zlovchi noyob osori-atiqalar bormi? Ularni muzeyimiz fondiga topshirish orqali milliy merosimizni boyitishga munosib hissa qo‘shing!
✨ Aksiyada ishtirok etib, siz:
Muzeyimiz fondini yangi va noyob eksponatlar bilan boyitasiz;
Oila yodgorliklaringizni kelajak avlodlar uchun ishonchli tarzda muhrlab qoldirasiz;
Muzey ma'muriyati tomonidan maxsus sertifikat va tashakkurnoma bilan taqdirlanasiz.
Keling, tariximiz va milliy g'ururimizni birgalikda namoyish etaylik va asraylik!
📍 Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, A. Oripov ko‘chasi, 3-uy.
📌 Mo‘ljal: Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i.
🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
😎 Telegram
😎 Youtube
🌐 Web
Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyiga xush kelibsiz!
Ushbu muzey Qashqadaryo hududining boy tarixi, madaniyati va ma’naviy merosini yoritib beruvchi eng muhim ilmiy-ma’rifiy maskanlardan biridir. Muzey fondida qadimgi davrlardan tortib, zamonaviy tarixgacha bo‘lgan 40 mingdan ortiq noyob eksponatlar saqlanadi.
Muzey tashrif buyuruvchilarga milliy qadriyatlar, arxeologik topilmalar, etnografik buyumlar, qo‘lyozmalar, tarixiy fotosuratlar va san’at asarlarini bir joyda ko‘rish imkoniyatini yaratadi.
Bizning maqsadimiz — xalqimizning boy o‘tmishini keng jamoatchilikka yetkazish, yoshlar ongida tarixiy xotira va ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlashdir.
Muzeyimizga tashrif buyurib, Qashqadaryo tarixining eng qimmatli sahifalarini yaqindan kashf eting!